O’quvchi-qizlarni sportga tanlash va tarbiyalash masalalari
JizDPIO’zbek xotin-qizlarida jahondagi barcha xalqlar kabi insoniy fazilatlar, tug’ma jismoniy qobiliyatlar mavjud.
Milliy ma’naviyatimiz va xususiyatlarimiz xotin-qizlarning ijtimoiy turmush, madaniyat, mehnat va davlat hamda nodavlat idoralarida samarali mehnat qilishlariga yordam bermoqda.
Xotin-qizlar har tomonlama erkaklardan kam bo’lmagan va jasorat, jangu-maydon, tabiiy talofatlarda ham ular bilan yonma-yon turib fidokorlik ko’rsatishgan. Bu xususiyatlarni tarixiy shaxs To’maris (eradan oldingi VII-V asr) va afsonaviy qahramon Barchinoy (“Alpomish” dostoni, ming yillar avval) timsolida eslash mumkin.
O’tmishda va mustaqillik davrida (1991-2014) mahalliy millat xotin-qizlarining urush (1941-1945), dala ishlari (paxta, chorva, texnika) va zavod-fabrikalardagi tinimsiz mehnatlari xotiradan o’chgani yo’q. Istiqlol davrida sanoat, fermer xo’jaligi, savdo-tijorat kabi zamonaviy tadbirkorlik ishlarida faol mehnat qilayotgan ayollarimiz ko’p.
Tibbiyot, ta’lim-tarbiya, san’at, madaniyat va boshqa eng muhim sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan xotin-qizlar erkaklarga nisbatan ko’proq va samarali mehnatlari bilan ustunroq, deyilsa mubolag’a bo’lmaydi. Bularning barchasi eng avvalo istiqlol tufaylidir. Qolaversa xotin-qizlarning ma’naviy va jismoniy barkamolligi erkaklarning amaliy hamda hayotiy faoliyatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Shu kabi erkaklarga xos bo’lgan amaliy faoliyatlar sport olamida xotin-qizlarda ham yuzaga chiqmoqda, mavjud 70 dan ortiq sport turlarining 70 % da xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda.
Prezident I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligi tufayli Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining tuzilishi va faoliyat ko’rsatishi (2002-2014) hamda Respublika hukumatining qator qarorlari (1996, 1998, 1999, 2003, 2010 va hokazo) tufayli mamlakatimizning barcha hududlarida iqtidorli qiz bolalarni tanlash, ularni sportga jalb etib, mahoratlarini tarbiyalash tez va maqsadli olib borilmoqda.
Biz taxsil olayotgan Jizzax Davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakul’tetida 2013-2014 o’quv yilida 22 ta qizlar birinchi bosqichda taxsil olmoqda. Bu ham mamlakatimizda jismoniy madaniyat sohasiga kadrlar tayyorlab berishga e’tiborning namunasidir. Talaba qizlar mashg’ulotlardan keyin sportning 10 dan ortiq turida to’garaklariga qatnashib bormoqda. Bizning fakultetimizda tahsil olayotgan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotining sovrindori Abduraxmonova Iroda 2010 yil, jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Xalqaro toifadagi sport ustasi “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotining sovrindori Matmurodova Iroda, shuningdek shaxrimizdagi Transport aloqa kolleji 3- bosqich talabasi Yoqutxon Holbekova Sportning yengil atletikaning o’rta masofaga yugurish turi (800 m, 1500m ) bo’yicha Osiyo rekordini yangilab 2 ta oltin medal sovrindori bo’ldi. Shuningdek Respublikamiz, viloyatimiz xotin-qizlari Xalqaro sport musobaqalarida, ayniqsa Osiyo qit’asida o’tkazib kelinayotgan barcha musobaqalarda ishtirok etib, medallar shodasini yig’ib kelayotgan mahalliy millat qizlari misolida ko’rish mumkin.
Dunyo sport tajribalari O’zbekiston sport harakatiga keng va chuqur singib bormoqda. Og’ir atletika (shtanga), futbol, kurash, sharqona yakka kurashlar turlarida yurtimiz qizlarining kuch sinashishi mo’jizaga o’xshasada, aslida xotin-qizlarning iqtidorlik salohiyati, erkaklardan kam bo’lmagan xususiyatlari har tomonlama sezilib turadi. Bularning ba’zi birlarini parashyutda sakrash, avto-moto poygalarida ishtirok etish, otlarni g’ovlardan sakratish, poyga kabi eng murakkab va mahorat hamda matonat ko’rsatishni talab etuvchi sport turlarida ham ko’rish mumkin.
Xotin-qizlar ham erkaklar kabi har qanday mehnat va jasoratlarga qodir ekanligini hayotning o’zi isbot etmoqda. Bular mulohazamizning boshlanishiga doir bir tomonlama izoh va sharh hisoblanadi.