avatar
Куч
2738.97
Рейтинг
+1024.17

Muxtorova Dilnoza Kaldashevna

Мақолалар

O’quvchi-qizlarni sportga tanlash va tarbiyalash masalalari

JizDPI
Илм-фан

 O’zbek xotin-qizlarida jahondagi barcha xalqlar kabi insoniy fazilatlar, tug’ma jismoniy qobiliyatlar mavjud.


 Milliy ma’naviyatimiz va xususiyatlarimiz xotin-qizlarning ijtimoiy turmush, madaniyat, mehnat va davlat hamda nodavlat idoralarida samarali mehnat qilishlariga yordam bermoqda.


Xotin-qizlar har tomonlama erkaklardan kam bo’lmagan va jasorat, jangu-maydon, tabiiy talofatlarda ham ular bilan yonma-yon turib fidokorlik ko’rsatishgan. Bu xususiyatlarni tarixiy shaxs To’maris (eradan oldingi VII-V asr) va afsonaviy qahramon Barchinoy (“Alpomish” dostoni, ming yillar avval) timsolida eslash mumkin.


O’tmishda va mustaqillik davrida (1991-2014) mahalliy millat xotin-qizlarining urush (1941-1945), dala ishlari (paxta, chorva, texnika) va zavod-fabrikalardagi tinimsiz mehnatlari xotiradan o’chgani yo’q. Istiqlol davrida sanoat, fermer xo’jaligi, savdo-tijorat kabi zamonaviy tadbirkorlik ishlarida faol mehnat qilayotgan ayollarimiz ko’p.


Tibbiyot, ta’lim-tarbiya, san’at, madaniyat va boshqa eng muhim sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan xotin-qizlar erkaklarga nisbatan ko’proq va samarali mehnatlari bilan ustunroq, deyilsa mubolag’a bo’lmaydi. Bularning barchasi eng avvalo istiqlol tufaylidir. Qolaversa xotin-qizlarning ma’naviy va jismoniy barkamolligi erkaklarning amaliy hamda hayotiy faoliyatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Shu kabi erkaklarga xos bo’lgan amaliy faoliyatlar sport olamida xotin-qizlarda ham yuzaga chiqmoqda, mavjud 70 dan ortiq sport turlarining 70 % da xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda.  


Prezident I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligi tufayli Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining tuzilishi va faoliyat ko’rsatishi (2002-2014) hamda Respublika hukumatining qator qarorlari (1996, 1998, 1999, 2003, 2010 va hokazo) tufayli mamlakatimizning barcha hududlarida iqtidorli qiz bolalarni tanlash, ularni sportga jalb etib, mahoratlarini tarbiyalash tez va maqsadli olib borilmoqda.


Biz taxsil olayotgan Jizzax Davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakul’tetida 2013-2014 o’quv yilida 22 ta qizlar birinchi bosqichda taxsil olmoqda. Bu ham mamlakatimizda jismoniy madaniyat sohasiga kadrlar tayyorlab berishga e’tiborning namunasidir. Talaba qizlar mashg’ulotlardan keyin sportning 10 dan ortiq turida to’garaklariga qatnashib bormoqda. Bizning fakultetimizda tahsil olayotgan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotining sovrindori Abduraxmonova Iroda 2010 yil, jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Xalqaro toifadagi sport ustasi “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotining sovrindori Matmurodova Iroda, shuningdek shaxrimizdagi Transport aloqa kolleji 3- bosqich talabasi Yoqutxon Holbekova Sportning yengil atletikaning o’rta masofaga yugurish turi (800  m,   1500m ) bo’yicha Osiyo rekordini yangilab 2 ta oltin medal sovrindori bo’ldi. Shuningdek Respublikamiz, viloyatimiz xotin-qizlari Xalqaro sport musobaqalarida, ayniqsa Osiyo qit’asida o’tkazib kelinayotgan barcha musobaqalarda ishtirok etib, medallar shodasini yig’ib kelayotgan mahalliy millat qizlari misolida ko’rish mumkin.


Dunyo sport tajribalari O’zbekiston sport harakatiga keng va chuqur singib bormoqda. Og’ir atletika (shtanga), futbol, kurash, sharqona yakka kurashlar turlarida yurtimiz qizlarining kuch sinashishi mo’jizaga o’xshasada, aslida xotin-qizlarning iqtidorlik salohiyati, erkaklardan kam bo’lmagan xususiyatlari har tomonlama sezilib turadi. Bularning ba’zi birlarini parashyutda sakrash, avto-moto poygalarida ishtirok etish, otlarni g’ovlardan sakratish, poyga kabi eng murakkab va mahorat hamda matonat ko’rsatishni talab etuvchi sport turlarida ham ko’rish mumkin.


Xotin-qizlar ham erkaklar kabi har qanday mehnat va jasoratlarga qodir ekanligini hayotning o’zi isbot etmoqda. Bular mulohazamizning boshlanishiga doir bir tomonlama izoh va sharh hisoblanadi. 



Qiz bolalar sportidagi uzluksiz ta’lim texnologiyalari xususida

JizDPI
Илм-фан

Mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportga bo’lgan e’tibor davlat darajasiga ko’tarilishi kundalik hayotimizda o’z-o’rnini topmoqda.


2014-yilni “Sog’lom bola yili” deb e’lon qilinishi va uning dasturida keng qamrovli ishlarni rejalashtirilganligi jamiyatda insonlar salomatligi va kamoliga e’tiborning bir namunasidir.


Sportchilar barkamol avlod tarkibidagi nufuzli shaxslar desa mubolag’a bo’lmaydi. Chunki ular ichida Respublika shuhratini olamga keng tarqatayotgan yosh sportchi bolalardan va jahon hamda olimpiya o’yinlarining ishtirokchilari, hatto sovrindorlari ham kam emas.


Qiz bolalar sporti qamrovi keng bo’lgan ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida bir qator muhim muammolar bilan chambarchas bog’liqdir.


Shu sababdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus farmoni asosida (24.10.02) Respublika hukumatining “O’zbekiston Bolalar sporti jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” (30.10.02) qaror qabul qildi. Bu qarorning amalga oshirilishi yuzasidan Prezident I.A.Karimov har yili nazarot va tekshirish ishlarini o’z zimmasiga olganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.


 Qiz bolalar sporti negizi va tub ma’nosida keng qirrali ijtimoiy-pedagogik texnologiyalar mavjuddir. Ularning asosiy yo’nalishlarini quyidagicha ifoda etish mumkin, ya’ni:



Oila ma’naviyati va sog’lom turmush tarzi – yoshlar ma’naviyatini rivojlantiruvchi vosita

JizDPI
Илм-фан

  Kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida jamiyatning asosini oila va uning a’zolari tashkil qilgan. Jamiyatning taraqqiyoti eng avvalo, oila va shaxs rivojlanishi bilan belgilangan. Oila ma’naviyati va uning sog’lom turmush tarzi esa xalq ma’naviyatining tarkibiy qismi, muhim axloqiy qadriyati, ta’sirchan tarbiya vositasi sanalgan. Shuning uchun ham oila ma’naviyati va sog’lom turmush tarzi qadrlanadigan barcha xonadonlarda tarbiya topgan yoshlar o’zlarining ibratli axloqi bilan boshqalardan ajralib turgan.   Bundan hayotiy xulosalar faqatgina quruq  gap yoki alohida ta’kid emas, balki, keksa tarix sahifalardagi kuzatilgan saboqlarning natijasi hisoblanadi.



Xalq dostonlari - sog’lom bola ma’naviyatini shakllantirish omili

JizDPI
Илм-фан

Hayot davomiyligining asosini ta’minlash, naslimiz davomchisi bo’lmish farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi bilan alohida shug’ullanish, ularning salomatligini asrash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Shu boisdan qadimdan turli xil pedagogik vositalar va usullar orqali ota-onaga alohida hurmat, kichiklarga izzat, odamiylik, mehr-oqibat, o’z vataniga, xalqiga sadoqatli bo’lish, shuningdek, yaxshilik qilish va yomonlikdan saqlanish odobi; xushmuomilalik, odoblilik va so’z qadri odobi; do’stlik va birodorlikni saqlash odobi; qo’shnichilik va qo’shni qadriga yetish odobi; oila a’zolariga munosabat odobi; qarz va qarzdorlikni uzish (oldi-berdi) odobi; g’iybatchilik va manmanlikdan saqlanish odobikabi oliyjanob insoniy fazilatlar har bir oila muhitida shakllantirilgan. Biz quyida xalq pedagogikasida, xususan, Qodir baxshi Rahimov kuylagan mashhur “Zaydinoy” dostoni vositasida farzandlar ongiga singdirilgan va ularning ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qilgan insoniy fazilatlarning faqat ikkitasiga, ya’ni oila a’zolariga munosabat odobi, qo’shnichilik va qo’shni qadriga yetish odobi haqida so’z yuritishni lozim topdik.



Bolalarning sog’lom dunyo qarashini shakllantirishda xalq dostonlarining o’rni

JizDPI
Илм-фан

O’zbek xalq dostonlarida odob-axloq mavzuiga, ayniqsa yoshlarda sog’lom dunyoqarashni shakllantirish, umuman yoshlar tarbiyasiga shu darajada e’tibor berilganki, u epik o’rin darajasiga ko’tarilgan va har bir an’anaviy dostondan mustahkam o’rin egallagan. Safarga otlanayotgan yoki mustaqil holda biron ish qilishga kirishish, bellashuv, ko’pkari, poyga, chavandozlik kabi milliy o’yinlar, musobaqalar, tortishuvlarga qatnashish oldidan, shuningdek, jangu jadalga bel bog’lagan qahramonga duo fotihalar berish, xayrlashish, biron ezgu maqsad sari otlanish arafasida pandu nasihatlar qilish, yo’l-yo’riqlar ko’rsatish, pok niyatlar bildirish umumo’zbek dostonlari uchun asosiy xususiyatlardan sanaladi.



Bolalarni sport mashg’ulotlariga barqaror qiziqishini tarbiyalash

JizDPI
Илм-фан

Bolalar va o’quvchi-yoshlar va bolalarda hamma narsalarga qiziqish o’ta kuchli bo’ladi. Ularni qobiliyatiga qarab qiziqishni tanlash muhim muammo hisoblanadi.


Qiziqish ta’lim va tarbiya jarayonidagi eng muhim bo’lgan pedagogik va ruhiy (psixologiya) jarayondir. Qiziqish deganda eng avvalo ma’lum bir sohaning ahamiyatiga jiddiy e’tibor berishni tushuniladi. E’tiqod tushunchasi esa tanlagan sohasini to’la bilish, bilim va tushunchalarga amal qilish kabi ijtimoiy tarbiyaviy jarayonlarini bildiradi. Agar shu ikki voqyelikka astoydil kirishilsa va faoliyatlarda uchraydigan murakkab amallar hamda salbiy tomonlarga bardosh, chidam berilsa qo’yilgan maqsadlarga yetishish oson bo’ladi. Bunday jarayonlar sportda ko’proq namoyon bo’ladi. M: nufuzli sport musobaqalariga tayyorgarlik, ishtirok etish va g’alabalarga erishishda og’ir va murakkab mehnatni (mashqlar) boshdan kechiradi.


 



O’quvchi-yoshlarning sayohatlarini tashkil qilish tarixidan

JizDPI
Илм-фан

Sayohat o’z nomi, mazmuni va mohiyati bilan barcha insonlarga, ayniqsa o’quvchi-yoshlarga manzurdir. Chunki bunda atrof-muhit bilan tanishish, tabiat manzaralarida dam olib, hordiq chiqarib, piyoda kezishlar bilan jismoniy chiniqish, har tomonlama kamolotga erishish kabi ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlar mujassamlashadi.


Maqsad va vazifalarimiz O’zbekiston sharoitidagi piyoda yurish sayohatlarini qayta tiklash va bu sohada amalga oshirilgan muhim tadbirlardan muhim tarixiy namunalar keltirish yo’li bilan hozirgi o’quvchi-yoshlar hamda kelajak avlodlarni piyoda yurish sayohatlariga chorlashdan iboratdir.



O’quvchilarni ekoturizm bo’yicha tog’ sayohatlariga o’rgatish

JizDPI
Илм-фан

Tog’ sayohati (gorniy turizm) mazmun, maqsad va mohiyat jihatdan o’ziga xos piyoda yurish shakli bilan bir necha turlarga bo’linadi. Ya’ni, oddiy (ommabop), darajali (kategoriyali) va murakkab (cho’qqilarni zabt etish) sayohatlardan iborat. Darajali va murakkab tog’ sayohatlari jahon sport klassifikasiyasidan o’rin olgan maxsus sport turidir. Bu Alpinizm sport turi bilan uyg’unlashib, tutashib ketadi. Unda darajali (kategoriya) qiyinchiliklar I–V toifalardan (dengiz sathidan 3-6 km va undan ham baland) iborat bo’ladi.



Qiz bolalarning tarbiyasida jismoniy madaniyat bilan shug’ullanishning ahamiyati haqida

JizDPI
Илм-фан

Biz ushbu maqolamiz orqali xalqimizning tarixiy taraqqiyotida xotin-qizlarning o’rni misolida jismoniy madaniyat va sportga qiz bolalarning qiziqishi va ularning xayotida muntazzam o’rin olishini tarbiyalash maqsadida quyida tarixiy manba’lar asosida bayon qilishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.



Bolalar sporti va badan tarbiya mashqlarining nazariy va amaliy omillari

JizDPI
Илм-фан

Mamlakatimizda 2014 yil “Sog’lom bolalar yili”  deb atalishi Jismoniy madaniyat va sport mutaxassislari hamda tarbiyachilar oldiga muhim vazifalarni yukladikim biz ushbu  maqolada o’zimizning bu boradagi fikrlarimizni bayon qilmoqdamiz


Badan tarbiya va sport mashqlari haqida deyarlik ko’pchilik kishilar yaxshi tushunchalarga egadir.



Bolalarda tibbiy nazorat va ko’riklarning ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyati va ularni tashkil qilish.

JizDPI
Илм-фан

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to’g’risida” 1998 yil 10 noyabrdagi farmoni va O’zRVMning “O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish to’g’risida”gi qarori (1999 yil 14 yanvar, “Xalq so’zi” gazetasi, 1999 yil 15 yanvar) barcha tarmoqlardagi kabi oliy ta’lim muassasalarida ham tibbiy xizmatlarni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalq orasida “Issiq jonning isitmasi bo’ladi”, degan maqol bor. Ya’ni har qanday sog’lom kishi ham shamollashi, kasal bo’lishi, shikoyatlanishi va turli sabablar bilan jarohatlanishi mumkin. Oliy ta’lim muassasalarining talablari ham bundan mustasno emas. Ayniqsa bolalar jismoniy madaniyat darslari, sport mashg’ulotlari (trenirovka) hamda musobaqalarda har xil jarohatlar olishi mumkin. Ularning oldini olish, sodir bo’lganda bevosita tibbiy yordam ko’rsatish zarur bo’ladi. Shu asosda bolalarga jismoniy chiniqish, birinchi tibbiy yordam berish usullari haqida shifokorlar ma’ruzalar o’qishadi.



Соғлом турмуш маданиятига амал қилишнинг ўзига хос жиҳатлари

JizDPI
Илм-фан

Президент И.А.Каримов эътибор бериб таъкидлаганларидек “Халқ соғлигини мустахкамлаш муҳим вазифамиздан биридир, ёш авлоднинг соғлиги ҳақида қайғуриш ҳам давлат сиёсати даражасига кўтарилган”. Буларнинг барчаси ёш авлоднинг соғлигига таъсир қилувчи асосий омилларни билишни, ёшларда соғлом турмуш маданиятини шакллантиришни тақозо этади. Шу боис республикамизда ҳар томонлама соғлом шахсни тарбиялаш вазифасининг давлат сиёсати даражасига кўтарилиши ўзига хос ахамият касб этади. Соғлом турмуш маданияти – бир қараганда оддийгина жўн жумла. Кимдир уни жисмонан соғломликда деб тушунса, кимдир ташқи жихатдан дадиллик, покликда деб тушунади. Бироқ бу жумлаларнинг кенг қамровли эканлигини ҳис қилиш учун унинг мазмунига чуқурроқ назар ташламоқ лозим. Инсон хаёти, соғлиги энг катта ижтимоий бойликдир. Соғлом турмуш маданияти – инсон турмуш шароитини фаол ўзлаштириш усули бўлиб, кун тартибига риоя қилиш, фаол харакат асосида оргнизмни чиниқтириш, спорт билан шуғулланиш, тўла ва сифатли овқатланиш, овқатланишнинг гигиеник қоидаларига роия қилиш, мулоқат ва экалогик маданиятга эришиш, умуминсоний ва миллий қадриятлар асосида маънавий тарбия олиш, зарарли одатларда ўзини тута билиш демакдир. Қатор манбаларни ўрганиш натижасида шунга амин бўлдикки, жамиятимизнинг илк давридаёқ соғлом турмуш маданиятини қарор топишига ижтимоий эхтиёж бўлганлиги, ушбу эхтиёжни қондириш мақсадида амалий харакатлар олиб борилганлиги маълум бўлди.  Жумладан,  Греция ва Рим давлатларида йигитларнинг жисмоний камолотини таъминлашга алоҳида эътибор қаратишган. Хусусан қадимги Грецияда ўсмирларнинг тарбиясига алоҳида эътибор қаратилиб, уларнинг жисмоний чиниқишларини таъминловчи усуллардан кенг фойдаланишган. Ўрта асрларга келиб, ёшларнинг жисмонан ва ахлоқан камол топишларини таъминлашда “Рицарлик тарбияси” ғояси устивор ўрин эгаллаган. Бу ғояга кўра улар етти фазилатни ўзлаштира олишлари шарт эди: отда юриш, қиличбозлик, найза билан жанг қилиш, сузиш, ов қилиш, шашка(шахмат) ўйнаш, қўшиқ айта олиш ҳамда шеър тўқиш.



Алишер навоий — адабиётшунос

JizDPI
Илм-фан

     Алишер Навоий туркий халқлар маданий меросидан юксакликка кўтаришда, уни жаҳон халқлари маданияти билан тенглаштиришда Ҳомер, Фирдавсий, Данте Алигъери, Вильям Шекспир, А.С.Пушкин, И.В. Гёте, Л.Н. Толстой ва бошқа даҳоларнинг олдинги қаторида турадиган улуғ сиймолардан биридир.Зеро улуғ даҳолар ижоди ҳеч бир қолипга сиғмайди, ҳар қандай андозалар билан ўлчаб бўлмайдиган ҳолдир.



Мактабгача таълим муассасалари тарбияланувчиларининг тафаккурини шакллантиришда дидактик ўйинларнинг роли

JizDPI
Илм-фан

      Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури” да “Ёш авлодни маънавий-ахлоқий тарбиялашда халқнинг бой маданий-тарихий анъаналарига, урф-одатлари ҳамда умумбашарий қадриятларига асосланган самарали, ташкилий, педагогик шакл ва воситалари ишлаб чиқилиб, амалиётга жорий этилади. Шахсни тарбиялаш ва уни ҳар томонлама камол топтиришнинг устуворлиги таъминланади. Умумий ҳамда педагогик маданиятни ошириш мақсадида, мамлакат аҳолиси орасидаги маънавий-маърифий ишлар такомиллаштирилиб борилади”, — деб таъкидланади (1). Шунингдек, “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури” да мактабгача таълим – узлуксиз таълим тизимининг биринчи тури эканлиги қайд этилиб, унда мактабгача таълим муассасаларида таълим-тарбия жараёнини олиб боришга қўйилган замонавий талаблар акс эттирилган.



Тадбиркорлик бизнес асаслари фанидан интерфаол технологиялар

JizDPI
Илм-фан

 


Бугун республикамизда амалга оширилаётган чуқур ислоҳотлар натижасида жамиятимиз тараққиёти асослари ва миллий мустақиллигимиз пойдевори мустаҳкамланиб бормоқда. Ушбу жараёнда ўрта махсус касб ҳунар таълим тизимида тахсил олаётган ёшларга фан сир асрорларини, ўзига хос хусусиятларини назарий ва амалий жиҳатдан ўргатишда замонавий педагогик технологиялардан фойдаланиб интерфаол дарсларни ўтказиш лозим. Узлуксиз таълим тизимида, шу жумладан касб-ҳунар коллежларида тахсил олаётган ўқувчиларни танлаган сохасини мутахассиси ва юксак манавиятли шахс бўлиб етишиши бугунги куннинг долзарб вазифалардан биридир. Бундай долзарб вазифани ҳал этиш учун эса, таълим жараёнини интерфаол усуллар асосида ташкил этиш, яни қизиқарли интерфаол технологиядан фойдаланиш орқали таълим самарадорлигига эришиш лозим.



Педагогика институтларида талабаларининг касбий сифатларини шакллантиришга таъсир этувчи омилларининг психологик тахлили

JizDPI
Илм-фан

              Ҳар қандай давлатнинг тараққиёти, келажаги таълим тарбиядаги сифат ўзгаришларига бу борада самарадорликни оширишга ва жаҳон таълим тизими талабларга мослигига, хамда мутахассис кадрларни амалий фаолиятидаги ўрнини топа олишга боғлиқ.


          Мустақил Республикамизда ўсиб бораётган илм – фан техника тараққиёти  таълим тизими олдида глобал муаммоларни қўймокда. Хозирги шароитда Халк таълими тизими олдида турган долзарб муаммолардан бири, мактаблар, касб – хунар коллежлари тизимига хар томонлама етук, малакали мутахассисларни тайёрлашдан иборат. Малакали педагогни эса мукаммал психологик билимларни эгаларисиз тасаввур қилиб бўлмайди.



Таққослаб тушунтириш ўқувчи тафаккурини ошириш омили сифатида

JizDPI
Илм-фан

Ўзбек тилига давлат тили мақомининг берилиши тилимизнинг  равнақи ва келажаги ҳақидаги давлат ғамхўрлигининг олий даражаси бўлди.  Мустақиллигимизнинг қўлга киритилиши бу Қонунга қанот бағишлади. Унинг амалиётга жорий этилиши учун реал имкониятларни кафолатлади. Бугун бу тил ўзбек халқининг миллий тафаккурини шакллантириш ва ривожлантиришга астойдил хизмат қилмоқда. Уни ўрганишнинг мақсад ва йўналишлари тобора кенгайиб бормоқда. Бадиий асар тилини тадқиқ этиш уларнинг бир тармоғи, холос.



Бўлажак ўқитувчиларни иқтидорли ўқувчилар билан ишлашга тайёрлашнинг методологик асослари

JizDPI
Илм-фан

Ўзбекистонда ўсиб келаётган ёш авлоднинг иқтидори, қобилияти ва сифатларини ўз вақтида аниқлаш, уларни ривожлантириб бориш ва муносиб тарзда тарбиялаш таълим-тарбия тузилишининг асосий вазифаларидан ҳисобланади. Бунинг учун ўқитувчиларнинг касбий маҳорат, ижтимоий кўникма ва  фаолият малакаси жиҳатидан юксак тайёргарликка эга бўлиши тақозо этади [1,63].


         Олий педагогик таълим жараёнида бўлажак ўқитувчиларни иқтидорли ўқувчилар билан ишлашга тайёрлашнинг методологик асосларини аниқлаб олиш ва уларга изчил амал қилиш керак бўлади. Шундагина қўйилган мақсадга ва кутилган натижаларга эришиш имкониятлари пайдо бўлади. Бизнинг назаримизда, мазкур методологик асосларнинг энг муҳимлари қуйидагилардир:



Соғлом болани аҳлоқий, маънавий руҳда тарбиялашда оиланинг вазифаси

JizDPI
Илм-фан

Муҳтарам юртбошимиз И.Каримов “Юксак маънавият-енгилмас куч” асарида оила тўғрисида шундай фикрларни илгари суради: “Бугунги кунда бизнинг қилаётган барча ишларимиз фарзандларимизнинг бахту-саодати, уларнинг ёруғ келажаги учун амалга оширилмоқда. Лекин бахту-саодат фақат бойлик, молу-мулк билан белгиланмайди. Одобли, билимдон ва ақлли, меҳнатсевар, иймон-эътиқодли фарзанд нафақат ота-онанинг, балки бутун жамиятнинг катта бойлигидир”.


  Фарзанд тарбиясида ота-онанинг шахсий ибрати жуда муҳимдир. Ота-онанинг меҳнатга, ҳаётга муносабати болалар тарбиясига бевосита таъсир этади. Оилада болага шундай тўла талаб қўйиш керакки, уни бажариш фарзандлар учун муқаддас ҳисобланиши, унинг бажарилиши устида назорат ўрнатилиши керак. Шуни унутмаслик керакки, ота-она ўғил – қизларининг эрта-индин ота-она бўлишини назарда тутган ҳолда, уларга турмушдан таълим бериб боришлари лозим.